Intervyu tartibi

Ro'yxatdan o'tishdan yakuniy baholashgacha — intervyu jarayonining har bir bosqichi.

STEP 01

Ro'yxatdan o'tish

Platformaga kirish uchun ro'yxatdan o'ting. Agar avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, ism va parolingiz orqali tizimga kiring. Registratsiya jarayoni oddiy va tez amalga oshiriladi.

STEP 02

Yo'nalish tanlash

O'zingizga mos kelgan yo'nalishni tanlang va platformadagi 'FAQ' bo'limi bilan batafsil tanishing. Bu sizga kerakli ma'lumotlarni olishga yordam beradi.

STEP 03

Mutaxassis tanlash

Barcha shartlar va talablar bilan tanishganingizdan so'ng, o'zingizga mos keladigan mutaxassisni tanlang va intervyu uchun qulay vaqtni belgilang.

STEP 04

Intervyu jarayoni

Tanlangan mutaxassis siz bilan darajangizga qarab 1-2 soatlik batafsil suhbat o'tkazadi. Suhbat davomida sizning bilim va ko'nikmalaringiz, amaliy tajribangiz hamda muammolarni yechish qobiliyatingiz chuqur tahlil qilinadi.

STEP 05

Natija va baholash

Intervyu yakunlangach, mutaxassis 3-5 ish kuni ichida sizga batafsil fikr-mulohaza beradi va darajangiz aniqlanadi. Natijaga qarab keyingi qadamlar belgilanadi.

MOCKINT

SUHBATLAR IJOBIY BO'LISHIGA YORDAM BERAMIZ!

youtubetelegramlinkedin
"SYNCSOFT" MChJ · STIR: 313418182 · Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Turon MFY, Turon ko'chasi, 42-uy · info@mockint.uz · +998 90 810 03 52

MOCKINT 2025@ mockint.uz - Barcha huquqlar himoyalangan.