MOCKINT -
SINOV INTERVYU
Sinov intervyulari orqali bilim va tajribangizni sinang, real ish muhitini his qiling va tajribali mutaxassislardan qimmatli maslahatlar oling. Professional rivojlanishingiz uchun mo'ljallangan platforma.
Intervyu tartibi
Ro'yxatdan o'tishdan yakuniy baholashgacha — intervyu jarayonining har bir bosqichi.
Ro'yxatdan o'tish
Platformaga kirish uchun ro'yxatdan o'ting. Agar avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, ism va parolingiz orqali tizimga kiring. Registratsiya jarayoni oddiy va tez amalga oshiriladi.
Yo'nalish tanlash
O'zingizga mos kelgan yo'nalishni tanlang va platformadagi 'FAQ' bo'limi bilan batafsil tanishing. Bu sizga kerakli ma'lumotlarni olishga yordam beradi.
Mutaxassis tanlash
Barcha shartlar va talablar bilan tanishganingizdan so'ng, o'zingizga mos keladigan mutaxassisni tanlang va intervyu uchun qulay vaqtni belgilang.
Intervyu jarayoni
Tanlangan mutaxassis siz bilan darajangizga qarab 1-2 soatlik batafsil suhbat o'tkazadi. Suhbat davomida sizning bilim va ko'nikmalaringiz, amaliy tajribangiz hamda muammolarni yechish qobiliyatingiz chuqur tahlil qilinadi.
Natija va baholash
Intervyu yakunlangach, mutaxassis 3-5 ish kuni ichida sizga batafsil fikr-mulohaza beradi va darajangiz aniqlanadi. Natijaga qarab keyingi qadamlar belgilanadi.
Narxlar
Darajangizga mos tarifni tanlang va jonli sinov intervyusini band qiling.
Junior mutaxassis
299 000so'm / intervyuDasturlash sohasida yangi boshlovchi yoki 1-6 oy ish tajribasiga ega bo'lgan dasturchi. Asosiy texnologiyalar va dasturlash tamoyillari bilan tanish.
- 1-2 soatlik jonli intervyu
- Batafsil yozma feedback
- Daraja bo'yicha baholash
Middle mutaxassis
399 000so'm / intervyu6 oy - 3 yil tajribaga ega, mustaqil ishlash qobiliyati bor va o'rta murakkablikdagi loyihalarni amalga oshira oladigan dasturchi.
- Junior imkoniyatlarining barchasi
- Amaliy topshiriqlar
- Kuchli va zaif tomonlar tahlili
Senior mutaxassis
599 000so'm / intervyu3+ yil tajriba, loyihalarni boshqarish, murakkab texnik masalalarni hal qilish va jamoani yo'naltirish bo'yicha chuqur bilimga ega mutaxassis.
- Middle imkoniyatlarining barchasi
- Chuqur texnik tahlil
- Karyera bo'yicha maslahat
Biz bilan bog'laning
Bizning yangiliklar xabarnomasiga obuna bo'ling va dasturlash sohasidagi so'nggi tendensiyalar, foydali maslahatlar va eksklyuziv intervyu takliflaridan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Professional rivojlanishingiz uchun qimmatli ma'lumotlar va career imkoniyatlarini qo'ldan boy bermang.


